UniMatn — Yangi o‘zbek alifbosi
Odatdagidek yozing.
Alifbo o‘zi o‘zgaradi.
Word, Telegram, brauzer — hamma dasturda. Internetsiz, 1 soniyasiz.
Hamma dasturda bir xil ishlaydi
UniMatn Windows tizimi klaviatura qatlamida ishlaydi. Qayerda matn kiritish maydoni bo‘lsa — o‘sha yerda yangi alifbo avtomatik faol.
4 ta rejim · Ctrl + Alt + . / Ctrl + Alt + ,
Rejimni Ctrl + Alt + , / . bilan almashtiring (oldingi: Ctrl+Alt+, / keyingi: Ctrl+Alt+.). Tizim patnisidagi (tray) belgi joriy rejimni (Ö / К / Ö← / –) ko‘rsatib turadi va chap tugma bilan bir marta bosish ham keyingi rejimga o‘tkazadi. Barcha tezkor tugmalarni Sozlamalarda o‘zingizga moslab o‘zgartirishingiz mumkin.
Ctrl + Alt + , / . kombinatsiyasi esa barcha dasturlarda 100% xavfsiz va to‘qnashuvsiz ishlaydi.
Alt + E / Alt + R
Belgilangan matnni joyida jonli tarjima qilish.
Dastursiz sinab ko‘ring
Matnni kiriting yoki nusxalang. O‘zgargan harflar va o‘girish tezligi jonli ko‘rsatiladi.
Texnik ko‘rsatkichlar va xavfsizlik
UniMatn kompyuteringiz xotirasi va resurslarini minimal darajada sarflaydi.
Maxfiylik va internet haqida aniq maʼlumot:
Alifbo o‘girish va 4 ta kiritish rejimi 100% internetsiz, bevosita kompyuteringizning o‘zida ishlaydi. Klaviaturadan kiritilgan matnlaringiz hech qachon xotiraga saqlanmaydi va tarmoqqa yuborilmaydi.
Faqat tanlangan matnni tarjima qilishda Alt + E (inglizcha) va Alt + R (ruscha) Google Neural AI orqali ishlashi uchun internetdan foydalanadi va faqatgina belgilangan matn xavfsiz HTTPS orqali yuboriladi. Alifboni o‘girish va barcha klaviatura rejimlari 100% oflayn ishlaydi.
Narx va to‘lov
Bir marta to‘laysiz va doimiy internetsiz foydalanasiz.
Litsenziya kaliti rasmiy Telegram botimiz orqali taqdim etiladi va qurilmangizga biriktiriladi.
Telegram botda sotib olish